Xazinabon — Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 18-oktyabr (AI ulanish usullari yangilandi)

Xazinabon — xarajat va qarz (Google Play'dagi nomi; bundan keyin «Xazinabon») — shaxsiy moliya ilovasi: kirim, chiqim va qarzlarni yozib borish uchun. Ushbu siyosat ilova qanday ma'lumot bilan ishlashini, uni qayerda saqlashini va siz uni qanday o'chira olishingizni tushuntiradi.

Qisqacha

Telefoningizda saqlanadigan ma'lumot

Siz kiritgan ma'lumot telefoningizdagi ilova bazasida (SQLite) saqlanadi:

Hisobga kirgan bo'lsangiz, sessiya kaliti telefonning himoyalangan omborida (Android Keystore) saqlanadi.

Hisobga kirsangiz: serverga nima boradi

Kirish ixtiyoriy. Kirsangiz, ilova quyidagilarni serverimizga (xazinabon.fastai.uz) yuboradi:

Nima uchun: faqat sinxron uchun — yozuvlaringiz telefon almashtirganda yoki bir nechta qurilmada ishlatganda yo'qolmasin va bir xil tursin. Ma'lumot tahlil, reklama yoki profillash uchun ishlatilmaydi.

Qanday himoyalangan: barcha uzatish faqat shifrlangan aloqa (HTTPS/TLS) orqali. Server Cloudflare platformasida (Cloudflare Workers va D1 bazasi, Yevropa mintaqasi) ishlaydi, u yerda disk ham shifrlangan. Ma'lumot serverda uchinchi tomon uchun shifrlangan emas — ya'ni xizmat ishlab chiquvchisi texnik jihatdan unga kira oladi; biz unga faqat xizmatni ishlatish va nosozlikni tuzatish uchun murojaat qilamiz. Sessiya kalitlari serverda faqat xesh ko'rinishida saqlanadi; 180 kun ishlatilmagan sessiya o'z-o'zidan eskiradi.

Qancha saqlanadi: hisobingiz bor ekan. Hisobni o'chirganingizda serverdagi barcha yozuvlaringiz, sessiyalaringiz va hisob ma'lumotingiz darhol o'chiriladi.

AI yordamchi (ixtiyoriy)

Hisobga kirgan bo'lsangiz, Sozlamalar → AI yordamchi orqali o'zingiz tanlagan AI xizmatini (masalan, Claude, ChatGPT, Codex, Gemini) Xazinabon'ga ulashingiz mumkin. Ikki yo'l bor:

Har ikkisida huquqni o'zingiz tanlaysiz: faqat o'qish (oldindan tanlangan) yoki o'qish va qo'shish. Ilovada tasdiqlamaguningizcha yoki kalit bermaguningizcha hech qanday AI ma'lumotingizni ko'ra olmaydi.

Xato hisobotlari

Ilova kutilmagan xatoga uchrasa, xato matni va ilova versiyasi serverimizga yuboriladi — ilovani tuzatish uchun. Hisobotda yozuvlaringiz, ismingiz, hisobingiz yoki qurilma identifikatori yo'q va u hisobingizga bog'lanmaydi. Hisobotlar 90 kundan keyin o'chiriladi. Buni Sozlamalar → Xato hisobotlarini yuborish orqali o'chirib qo'yishingiz mumkin.

Ruxsatlar

Internet (INTERNET). Hisobga kirish, sinxron va xato hisobotlari uchun. Hisobga kirmagan bo'lsangiz, ilova faqat xato hisobotini yuboradi (o'chirish mumkin).

Mikrofon (RECORD_AUDIO). Faqat siz mikrofon tugmasini bosib turganingizda yoqiladi va ovozingizni matnga aylantirish uchun ishlatiladi. Aylantirishni telefoningizning o'z nutqni tanish xizmati bajaradi. Telefoningiz sozlamasiga qarab, bu xizmat ovozni o'z serveriga (masalan, Google) yuborishi mumkin — bu telefon tizimining ishlashi. Xazinabon ovozni saqlamaydi va o'zi hech qayerga yubormaydi.

Kontaktlar (READ_CONTACTS). Faqat "Yangi qarz" oynasida kontakt tugmasini bosganingizda so'raladi. Siz tanlagan bitta kontaktning ismi va telefon raqami qarz yozuviga qo'shiladi (hisobga kirgan bo'lsangiz — u ham sinxronlanadi). Ilova kontaktlar ro'yxatini o'qimaydi va yubormaydi.

Bildirishnomalar (POST_NOTIFICATIONS). Kechki eslatma, qarz muddati va takrorlanuvchi to'lovlar uchun. Ruxsat birinchi ochilishda emas, bir necha yozuvdan keyin so'raladi.

Barmoq izi / yuz (USE_BIOMETRIC). Faqat PIN qulfni yoqsangiz. Tekshiruvni Android tizimi bajaradi; ilova biometrik ma'lumotni ko'rmaydi va saqlamaydi.

Zaxira nusxa

Hisobsiz: Sozlamalardagi "Zaxira nusxa" siz kiritgan parol bilan shifrlangan fayl (.xzb, AES-256-GCM) tayyorlaydi va uni o'zingiz tanlagan joyga yuborish imkonini beradi. Parol hech qayerda saqlanmaydi — unutsangiz, faylni hech kim, jumladan biz ham ocha olmaydi.

Android avtomatik zaxirasi: telefoningizda yoqilgan bo'lsa, tizim ilova bazasini (yozuvlar va sozlamalar) Google akkauntingizga nusxalaydi. Bu Android'ning o'z xizmati; nusxa Android 9+ da ekran qulfingizga bog'langan kalit bilan shifrlanadi. Istamasangiz, telefon sozlamalaridan Xazinabon uchun zaxirani o'chiring.

Ma'lumotni o'chirish

Uchinchi tomonlar

Boshqa hech kimga ma'lumot berilmaydi, qonun talab qilgan holatlar bundan mustasno.

Bolalar

Ilova bolalarga mo'ljallanmagan va 13 yoshgacha bo'lganlardan ataylab ma'lumot yig'maydi.

O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, yangi matn shu sahifada e'lon qilinadi va sana yangilanadi.

Bog'lanish

Savollar va o'chirish so'rovlari: fastaiuz67@gmail.com

Bosh sahifaga qaytish